Monitoring dasturi Htop 2.0 versiyagacha yangilandi

htop

Linux operatsion tizimida tizim administratorlari orasida htop tashxis utilitasi ommaviy hisoblanadi. Bu dastur tizimni monitoring qilish, hotira va prosessor yadrosi yuklanganlik darajasini ko’rish, tizim jarayonlarini tugatish kabi imkoniyatlarni beradi. Shu kabi imkoniyatlarga ega bo’lishiga qaramay, bu utilita uchun grafik interfeysning umuman keragi yo’q, terminal oynasining o’zi kifoya qiladi. Kuni kecha ushbu dasturning 2.0 versiyasi taqdimoti o’tkazildi. Ushbu versiyiada bir qancha o’zgartirishlar kiritilgan. OS X, FreeBSD va OpenBSDlarga ham dastur mo’ljallandi. Yangi versiyada sichqonchani qo’llashda qulaylik, xususan skrol bilan ishlash imkoni paydo bo’ldi. O’zgaruvchan birliklar holatini ko’rsatib turuvchi ekran qo’shilgan. Shunday qilib, dasturning imkoniyatlari kengaydi, boshqa platformalarda ham qo’llash imkoni paydo bo’lgani uning auditoriyasini kengaytiradi.  Oddiy qilib ayganda, htop Windows operatsion tizimidagi “dispecher zadach”ni o’rnini bosa oladi. Bu haqda 3dnews xabar berdi

Fikr bildirish

Sizning e-mail tarqatib yuborilmaydi. Kiritilishi shart bo'lgan ma'lumotlar *