Microsoft kompaniyasi Google Playga Hub Keyboard ilovasini joyladi

hub

Microsoft kompaniyasi Android operatsion tizimi ostida ishlaydigan smartfonlar uchun yangi dastur chiqarganini ma’lum qildi. Bu yerda so’z Hub Keyboard klaviaturasi haqida ketmoqda. Uning yordamida foydalanuvchilar Office 365 hujjatlariga, kontaktlarga, buffer va tarjimonga  tezkorlik bilan murojaat qilishlari mumkin. Klaviaturaning yuqori qismidan joy olgan katta bo’lmagan panel ilovalar ortasida bemalol almashinib turish imkoni beradi. Buferda siz ohirgi marotaba ko’chirib olgan ibora saqlanadi, hamda siz uni turli joylarda qayta foydalanish uchun qo’yishingiz mumkin. Hatto Office 365 servisidagi hujjatlarga ham, faqatgina o’zingizning akkauntingiz bilan kirdangiz bo’ldi. Klaviatura boshqa hususiyatlari bilan raqobatchilaridan uncha farq qilmaydi. Hattoki avtoto’g’rilash tizimi bilan ham jihozlanmagan. Eslatib o’tamiz, Microsoft kompaniyasi biroz avval mobil qurilmalar uchun mo’ljallangan Swiftkey klaviaturasini sotib olgan edi. Hu haqda Google Play o’z sahifalarida xabar berdi.

Fikr bildirish

Sizning e-mail tarqatib yuborilmaydi. Kiritilishi shart bo'lgan ma'lumotlar *