Mazar yangi virusi Android qurilmadan ma’lumotni o’chirib tashlay oladi

mazar

Bugun daniyalik kompaniya Heimdal vakillari Android platformasida ishlaydigan mobil qurilmalarda paydo bo’lgan yangi virus haqida aytib o’tdilar. Bu virusga Mazar nomi berildi. Mutaxassislarning ta’kidlashicha, SMS orqali tarqalish qobilyatiga ega virus qurilma ustida administrator huquqini olishi mumkin va buning oqibatida u pullik qo’ng’iroqlarni amalga oshiradi, xabar jo’natadi, smartfon egasining shahsiy ma’lumotlarini tarmoqqa taashlaydi, hamda mobil qurilma xotirasidan ma’lumotlarni o’chirib tashlaydi.Mazardan zarar ko’rganlarning Daniyadagi qismining o’zi 100 ming foydalanuvchini tashkil etadi.

Mazar SMS qisqa xabari ko’rinishida, ichida multimedia xabarga havolasi bo’lgan holda tarqaladi. Havola bosilishi bilan ko’rinmaydigan yuklash jarayoni boshlanadi va Tor brauseri o’rnatiladi, bundan so’ng esa Tor orqali virus mobil qurilma xotirasiga o’rnashib oladi. Kompaniya vakillarining so’zlariga qaraganda, virus Android 5.0 versiyasigacha bo’lgan qurilmalarni zararlay oladi holos. Mazardan himoyalanish uchun chetki manbalardan dasturlarni o’rnatilishini ma’n etishning kifoya qiladi. Shu bilan birga virus rus tilida ishlaydigan qurilmalarda o’z ishini bajara olmaydi. Bu haqda 4pda resursi xabar berdi.

Fikr bildirish

Sizning e-mail tarqatib yuborilmaydi. Kiritilishi shart bo'lgan ma'lumotlar *