Firefox birinchi bora Microsoft brauserlarini quvib o’tdi

stat

Mozilla kompaniyasining Firefox brauseri o’z tarixida birinchi marotaba Microsoft kompaniyasi maxsulotlari hisoblanadigan Internet Explorer va Edgelarni foydalanish chastotasi bo’yichasi bo’yicha quvib o’tdi. StatCounter taxlil kompaniyasi keltirgan ma’lumotlarga ko’ra, uch milliondan ortiq saytlarda 15 milliard sahifani tomosha qilishda Firefox aprel oyida Internet Explorer va Edge brauserlarini uchinchi o’ringa tushirib qo’ydi. Mozilla kompaniyasi brauseri 15,6% lik ko’rsatgichga ega bo’lib turgan bir vaqtda Microsoft brauserlari undan 0,1%ga ortda qolmoqda. Googlening Chrome brauseri hali hamon 60%lik ulush bilan yaqqol peshqadam bo’lib turibdi. Shuni qayd etish joizki, bu ma’lumotlar ularni bozordagi ulushiga nisbatan emas, balki  foydalanish chastotasiga nisbatan olingan. Microsoft kompaniyasi brauserlari foydalanuvchilari soni bo’yicha bozorning 44%lik qismini egallab turibdi, bu ko’rsatgich o’tgan yilgidan 10% ga kam demakdir.  Ghrome brauseri foydalanuvchilari soni esa o’sishda davom etmoqda. Net Applications taxlil kompaniyasi ma’lumotlariga tayanadigan bo’lsak, so’nggi 12 oy davomida bozordagi ulushi 10%ga ortgan, deya xabar berdi StatCounter taxlil kompaniyasi.

One Response to Firefox birinchi bora Microsoft brauserlarini quvib o’tdi

  1. Chrome dan zo’ri yo’q.

Fikr bildirish

Sizning e-mail tarqatib yuborilmaydi. Kiritilishi shart bo'lgan ma'lumotlar *