Android Wear aqlli soatlari Marshmallowgacha yangilanadi

android-wear

So’nggi bir necha hafta davomida Google kompaniyasi Android Wear aqlli soatlari uchun Marshmallowgacha update chiqarish uchun tinimsiz ish olib bormoqda. 1.4.0.25.80363 versiyadagi update Moto 360 soati uchun tayyor, yaqin vaqt ichida Google kompaniyasi operatsion tizimi foydalanuvchilarning barchasi uchun chiqariladi. Bugun update tavsifi tafsilotlari ma’lum qilindi. Updateda yangi ovoz komandalari va qo’l harakatlarini o’qib olish uchun qo’shimcha imkoniyatlar kiritilgan. Endi ovozli xabarlarni Whatsapp, Hangouts, Nextplus, Telegram, Viber va Wechat kabi dasturlar orqali yuborish imkoni paydo bo’ldi. Huawei Watch va Asus ZenWatch 2 aqlli soatlari uchun esa Bluetooth orqali qo’ng’iroqlarni qabul qilish, Glide dasturi yordamida audio va videoxabarlarni tekshirish imkoni paydo bo’ldi. Operatsion tizimning avvalgi versiyasida bilakning harakati tufayli xaritada birida boshqasiga o’tish mumkin edi. Updatedan so’ng qo’l harakatlari orqali boshqarishda yana ko’p imkoniyatlar paydo bo’ldi. Foydalanuvchi xaritani aylantirishi, ilovalarni ishga tushirishi, uy sahifasiga o’tishi mumkin. Bu haqda 4pda resursi.

Fikr bildirish

Sizning e-mail tarqatib yuborilmaydi. Kiritilishi shart bo'lgan ma'lumotlar *