«Лаборатория Касперского» Mac kompyuterlari uchun Kaspersky Internet Securityning yangi versiyasini yaratdi

kis

«Лаборатория Касперского» Mac OS X operatsion tizimi boshqaruvi ostida ishlaydigan kompyuterlarning xavfsizligini ta’minlash uchun mo’ljallangan Kaspersky Internet Security for Macning yangilangan versiyasni chiqarganini ma’lum qildi. Yangi versiyaning asosiy afzalligi shundan iboratki, web-dasturlarning va saytlardan foydlanlanganligi to’g’risidagi statistik ma’lumotlarni himoyalash tizimi bilan ta’minlanganligidir. Bunday ma’lumot odatda ijtimoiy tarmoqlar, reklama va tahlil agentliklari tomonidan katta qiziqish bilan so’raladi. KIS for Mac shaysiy ma’lumotlarni internet trafikdan joyida olib tashlaydi, hamda foydalanuvchi haqidagi ma’lumot tarmoqqa chiqarilmasdan kompyuterning o’zida qolishini ta’minlaydi. Yangi versiyaning yana bir hususiyatlaridan biri notebookning web-kamerasiga ruhsat etilmagan murojaatni bloklaydi, hamda zararkunanda dasturlarga va yomon niyatli shahslarga ruhsatni yopadi. Kaspersky Internet Security for Mac alohida mahsulot sifatida hamda KIS mahsulotlari komleksi tarkibida foydalanish uchun chiqarilgan. Dastur haqida qo’shimcha ma’lumotni kaspersky.ru/security-mac internet sahifasidan olish mumkin. Bu haqda «Лаборатория Касперского» o’z sahifalarida xabar berdi.

kaspersky2902

One Response to «Лаборатория Касперского» Mac kompyuterlari uchun Kaspersky Internet Securityning yangi versiyasini yaratdi

  1. Boshqa antivirus orqali qanday qilib veb kamerani bloklash mumkin?

Fikr bildirish

Sizning e-mail tarqatib yuborilmaydi. Kiritilishi shart bo'lgan ma'lumotlar *