Whatsappning yangi versiyasida hujjat almashinish imkoni paydo bo’ldi

rsz_whats

Whatsapp dunyodagi eng ommaviy messenger sifatida 1 milliard foydalanuvchi bilan ijtimoiy tarmoqlar reytingning birinchi pog’onasida turibdi. Tezkor xabar almashinish uchun mo’ljallangan dastur doimiy ravishda o’z funksiyalari qatoriga yangilik kiritgan holda foydalanuvchilar talablarini qondirib kelmoqda. Whatsappning Android operatsion tizimi uchun mo’ljallangan 2.12.489 beta versiyasida, Facebook Messenger va Viberda bo’lgani kabi, havolalarni oldindan ko’rish, xabarni belgilash funksiyasi, katta miqdordagi smayliklar, hamda boshqa ko’pgina funksiyalar qo’shildi. Shulardan tashqari, Whatsapp chatni yanada ko’proq detallari bilan jihozlash mumkin bo’ldi. Messengerning yangi versiyasida, shuningdek, foydalanuvchilar hujjat almashinish imkoni paydo bo’ldi. Bu haqda 4pda resursi xabar berdi.

whatsapp

3 Responses to Whatsappning yangi versiyasida hujjat almashinish imkoni paydo bo’ldi

  1. Whatsapp baribir hammasidan yaxshi. Boshqa messenjerlarda so’nggi vaqtlarda haddan ortiq ko’p funksiyalar paydo bo’ldi. Whatsapp an’analarga sodiq va mukammal ishlaydi

    Saytingiz judayam yoqadi. Ishlaringizga rivoj!

  2. Saytingiz telefonlarda ham tez ochiladi ekan xabarlar uchun katta rahmat ishlaringizga rivoj tilayman.

Fikr bildirish

Sizning e-mail tarqatib yuborilmaydi. Kiritilishi shart bo'lgan ma'lumotlar *