VKontakte va Yandex Search Androidda uzoq vaqt foydalaniladigan dasturlar ro’yhatidan joy oldi

yandeks_vkontakte

Izlanishlar natijasiga ko’ra, ko’pgina mobil telefon foydalanuvchilari o’z smartfonlarida yangi ilovani o’rnatgan taqdirda,  3-7 kundan so’ng o’chirib tashlar ekan. Bu vaqt o’rnatilgan dasturni har tomonlama o’rganib chiqib, o’chirib tashlash yoki qoldirish qarorini qabul qilish uchun yetib ortadi. Shu sababli ham zamonaviy dastur ishlab chiqaruvchilar oldidagi asosiy maqsadlardan biri, ilovalarni bir haftadan so’ng ham foydalanuvchilar tomonidan o’chirilmasdan qoldirilishiga erishishdir. SimilarWeb tadqiqot kompaniyasining bugun chop etgan ma’lumotida rossiyalik dasturchilarning ikki dasturi ham joy olgan: VKontakte va Yandex Search. SimilarWeb izlanishlarida 4 mlndan ortiq Android-qurilma egalari qatnashdilar. Reytingning yuqori qismida mashhur messenger Whatsapp 6,2% natija bilan bormoqda.  Bu dastur aynan shu foiz ko’rsatgichi bilan o’chirilgan. Ikkinchi pog’ona Yandex Searchga tegishli bo’ldi. VKontakte ijtimoiy tarmog’I dasturi 5 o’rinni o’ziniki qildi, deydi Similarweb o’z sahifalarida.

Fikr bildirish

Sizning e-mail tarqatib yuborilmaydi. Kiritilishi shart bo'lgan ma'lumotlar *