Microsoft: eskirgan shaxsiy kompyuterlardan foydalanish sog’liq uchun zarar

bolta

Insonni asabbuzarlik holatiga olib boruvchi sabablardan biri, yuklanish jarayoni cho’zilib ketadigan eski tizimlardir. Bu qarorga Microsoft kompaniyasi mutaxassislari Buyuk Britaniyada o’tkazgan izlanish natijalaridan so’ng kelishgan.  Irish Examiner nashrining kompaniya eksperti so’zlariga havola qilgan holda keltirishicha, shaxsiy kompyuterlarining o’rtacha yoshi 3 yildan ko’proq muddatni tashkil etar ekan. Bunday tizimning yuklanib to’liq ishga tushishi uchun yangi tizimga nisbatan 65% ko’proq vaqt ketar ekan, bu esa insonning 1 yil umri davomida 23,5 soat vaqti aynan kutish bilan o’tib ketadi deganidir.

krik_dushi

Tadqiqot natijalariga ko’ra, 3 yildan ortiq muddatdagi foydalanishda bo’lgan shaxsiy komyuter egalari texnikadan zararkunanda dasturni o’chirib tashlash uchun 3,5 barobar ko’p vaqt safrlashga to’g’ri keladi. Ko’pgina foydalanuvchilar uchun esa bu holat qattiq asabga tegishi turgan gap. Eski shaxsiy kompyuter egalarinig 65% lik ulushi ba’zan o’zlaridan ketgan holda, texnikaga baqirishga ham borar ekan.  Foydalanuvchilarning 6% lik ulushi esa qattiq stress holatiga tushgan holda, yig’lashga ham yetib borar ekan. So’rov natijasiga ko’ra, shaxsiy kompyuterlardagi muammolarga bo’lgan munosabat nafaqat texnikaning yoshi, balki foydalanuvchining ham yoshiga bog’liq ekan. 55 yoshdan yuqori bo’lgan foydalanuvchilar oyiga 2 soat vaqtini shaxsiy kompyuterning yuklashini kutishga sarflaydi. Yoshi katta foydalanuvchilarning deyarli 1/5 qismi 5 yildan katta yoshdagi shaxsiy kompyuterlardan foydalanishar ekan, deya xabar beradi securitylab  nashri.

2 Responses to Microsoft: eskirgan shaxsiy kompyuterlardan foydalanish sog’liq uchun zarar

  1. Bu yangi kompyuterlarini sotish usuli.

  2. Shaxzod:

    Bo’magan gap. Shaxsiy kompyuterga mehr berish kere. Ushanda tezro ishlidi. Misol uchun Termopastani vaqtida surib, vaqtida changlardan tozalab tursa. Doimiy tezlikda ishlashi mumkin.

Fikr bildirish

Sizning e-mail tarqatib yuborilmaydi. Kiritilishi shart bo'lgan ma'lumotlar *