Instagram mobil dasturida bir necha akkaunt bilan ishlash imkoni paydo bo’ldi

hastag-700x400

So’nggi bir necha oy davomida Instagram kompaniyasi mutaxassislari Android va iOS operatsion tizimlarida ishlaydigan mobil ilovasida bir vaqtning o’zida bir necha akkaunt orqali ishlash imkonini beruvchi sinov ustida tajribalar o’tkazayotgan edi. Instagram rasmiy blogining xabar berishicha, tegishli updatelar shu hafta davomida chiqariladi: “Siz turli akkauntlar orasida Instagram ilovasida bemalol o’tib yurishingiz mumkin bo’ladi. Buning uchun sozlamalarga kirgan holda qo’shimcha akkauntni kiritib qo’yishingiz kerak”, — deydi Instagram vakili.

Foydalanuvchilar orasida biridan ikkinchisiga o’tish uchun sozlamalarda tanlashning o’zi kifoya. Siz ilovaga bittadan ortiq akkaunt kirgizadigan bo’lsangiz, aynan qaysi profil bilan ishlayotganingizni bildirish uchun doim akkauntga biriktirilgan tasvir ko’rinib turadi. Ushbu yangilik 7.15 versiya update tarkibiga kiradi, hamda joriy hafta davomida App Store va Google Play internet do’konida paydo bo’ladi, deya xabar beradi Instagram.

Fikr bildirish

Sizning e-mail tarqatib yuborilmaydi. Kiritilishi shart bo'lgan ma'lumotlar *