Facebook Messengerda guruhli qo’ng’iroq amalga oshirish imkoni paydo bo’ldi

rsz_facebook-messenger

Facebook kompaniyasi vise-presidenti Devid Markus Facebook Messengeri uchun muhim update chiqqanligini ma’lum qildi. Unga ko’ra bu update o’rnatilgach IOS va Android qurilmalari foydalanuvchilarida guruhli qo’ng’iroqlarni amalga oshirish imkoniyatlari paydo bo’ladi. Yangi funksiya juda soda ko’rinishda ishlaydi, buning uchun telefon kontakti ro’yhatidan kerakli insonlarni tanlab, qo’ng’iroq tugmasini bossangiz, barcha kontaktlarni birlashtirgan konferens aloqa hosil bo’ladi. Bir vaqtning o’zida guruhli konferens aloqada 50 tagacha kontakt qatnashishi mumkin bo’ladi. Shu bilan birga suhbatga qo’shilgan istalgan foydalanuvchi aloqani rad etishi mumkin. Videoqo’ng’iroqni amalga oshirish imkoni esa hozircha yo’q, biroq keyinchalik paydo bo’lishi aniq. Bundan ikki hafta ilgari Devid Markus Facebook Messengerning faol foydalanuvchilari soni 900 mlndan ortganini aytib o’tgan edi, deya xabar berdi Facebook o’z sahifasida.

facebook

Fikr bildirish

Sizning e-mail tarqatib yuborilmaydi. Kiritilishi shart bo'lgan ma'lumotlar *