Facebook Messenger dasturi yangi funksiyalar bilan boyitiladi

rsz_facebook-messenger

So’nggi yilda Facebook Messenger dasturi to’lovlarni amalga oshirish, Uber servisidan taksi buyurtma berish va suniy ong bilan suhbatlashish kabi ko’pgina muhim bo’lgan funksiyalar bilan to’ldirildi. Endi kompaniya yana ikki funksiya ustida ish olib bormoqda: SMS xizmatini integratsiya qilish hamda bir – biriga o’tish imkoni bo’lgan akkauntlar. Dastavval bu ma’lumot Android Police saytida paydo bo’lgan bo’lsada, biroz vaqt o’tib Facebook kompaniyasi o’zi ham bu funksiyalarni sinovdan o’tkazayotganini tasdiqladi. “Messengerda biz odamlarga aloqa qilish uchun har doim qulaylik yaratishga harakat qilganmiz”, — deydi Facebook vakili. “Ayni vaqtda biz barcha suhbatlarni oson ko’chirish ustida bosh qotirmoqdamiz – SMS va Messengerni bir joyga jamlaymiz. Bu funksiya SMS xabarlarga ozon, tez va qulay javob qaytarish imkonini beradi”.
Shuni qayd etish kerakki, Facebook Messengerda avval ham SMSni qo’llash funksiyasi mavjud edi, biroq ikki yil avval u foydalanuvchilar orasida ommaviylasha olmagach olib tashlangan edi. Ammo, Hangouts va Whatsapp kabi ilovalar ommaviylashib ketgach, Facebook o’z qarorini qayta ko’rib chiqishiga to’g’ri kelmoqda. Messengerda SMS xabarlar binafsha rang ko’rinishida belgilanadi. Albatta, boshqa dasturlarda bo’lgani kabi, bu funksiyani o’chirib qo’yish ham mumkin. Bir – biriga o’tish imkoni bo’lgan akkauntlarga keladigan bo’lsak, Facebook quyidagicha izoh bergan: “Millionlab odamlar o’z qurilmalarini oila a’zolariga foydalanish uchun berishadi. Ular mobil telefondagi akkauntni o’chirib, yangisini yozmasliklari uchun biz Messengerdan bir vaqtning o’zida bir nechta akkaunt egalari foydalanish imkonini beradigan funksiyani qo’shdik”.
Yuqoridagi ikki funksiya hali hamon sinov jarayonlarida. Android qurilmalariga qachon update sifatida chiqarilishi noma’lum. Bu haqda 3dnews resursi xabar berdi.

Fikr bildirish

Sizning e-mail tarqatib yuborilmaydi. Kiritilishi shart bo'lgan ma'lumotlar *