Xakerlar Apple hodimlarini pora bilan aldashga urindilar

kiber

Kupertinliklarning temirbetonli kiberhimoyasini buzib kirishga bo’lgan harakatlarining zoye ketishi jonga tekkach, xakerlar hodimga pora bergan holdagi yangi strategiyaga yo’lini tutishga urinishmoqda. Business Insider nashrining xabar berishicha, Apple hodimlari ularga yomon niyatli shaxslar aloqaga cgiqqan holda, katta miqdordagi pul vada qilishgan, buning uchun hodimlar xakerlarga mahfiy ma’lumotni taqdim etishi kerak edi. Applening Irlandiyaning Korke shahrida joylashgan Yevropa bo’linmasi hodimlariga Apple ID uchun 20000 yevro miqdoridagi pul taklif qilishgan. Agar biror hodim ushbu aldovga uchib IDni xakerlarga taqdim etsa, kompaniya uchun oqibatlar juda yomon ko’rinish olishi mumkin.
Shahsiy ma’lumotga ega bo’lish xakerlar uchun juda muhim ma’lumotlarga ega chiqishga imkon beradi: misol uchun Apple intellektual mulki va uning foydalanuvchilari haqida ma’lumotlar. Hususan Apple ID shu kabi qimmatbaho ma’lumotga ega chiqish uchun yetarli hisoblanadi. Apple kompaniyasi o’z xavfsizligi borasida qayg’urishini hamda, o’z hodimlari bu kabi targ’ibotlarga uchmasligiga umid qilmoqda. Bu haqda AppleInsider xabar berdi.

Fikr bildirish

Sizning e-mail tarqatib yuborilmaydi. Kiritilishi shart bo'lgan ma'lumotlar *