Qisqa URL — manzillar axborot xavfsizligiga tahdid solmoqda

secury

Bugun axborot xavfsizligi sohasi mutaxassislari yangi xavf paydo bo’lganligi to’grisida ma’lumot berib o’tishdi, unga ko’ra foydalanuvchilarning shaxsiy ma’lumotlari ochiq internetga chiqib ketish mumkin yoki bo’lmasa, zararkunanda kodlar qurilmalarga zarar keltirishi mumkin ekan. Mutaxassislar ta’kidlashicha,  qisqa URL-manzillar fundamental kamchiliklarga ega emishki, bundan yomon niyatli kimsalar foydalanib qolishi mumkin. Axborot xavfsizligi sohasi mutaxassislari o’z izlanishlarida bor e’tiborni qisqa URL-manzillar faol ishlatiladigan Microsoft OneDrive va Google Maps servislariga qaratdilar.
Mutaxassislar ta’kidlashicha, qisqa URL — manzillardagi muammo shundan iboratki, xakerlar uchun 5 belgili tokenni izlab topish uchun ketadigan vaqt 11 simvolliga nisbatan ancha kam bo’ladi. Shuning uchun xakerlar muammosiz manzilni izlab topib, u yerda joylashgan ma’lumotlarga erkin ega chiqa oladilar. Misol uchun, OneDriveni oladigan bo’lsak, bu foydalanuvchining fayllari va ma’lumotlari hisoblanadi. bundan tashqari foydalanuvchi bu muhitda ishga doir ma’lumotlarni saqlasa, u holda kompaniya faoliyati ham xavf ostida qolishi aniq. Google Maps bilan esa vaziyat quyidagicha: xakerlar foydalanuvchining tanlagan yo’nalishni va xaritada joylashgan joyi haqidagi ma’lumotga ega chiqishi mumkin.
Ayni vaqtda Google va Microsoft kompaniyasi vakillari xavfsizlik sohasi mutaxassislari keltirib o’tgan ma’lumotni inobatga olib qo’ydilar. Redmondlik kompaniya vakillari mana bir oy bo’libdiki qisqa URL — manzillardan umuman foydalanmay kelmoqda, Google kompaniyasi esa tokenlar sonini 2 barobar oshiribgina qolmay, turli botlardan himoyani ham joriy qildi, deya xabar beradi 4pda internet portali.

Fikr bildirish

Sizning e-mail tarqatib yuborilmaydi. Kiritilishi shart bo'lgan ma'lumotlar *