Xiaomi Mi5 to’liq quvvat bilan 25 soat davomida uzluksiz video ko’rish imkonini beradi

mi5

Xiaomi kompaniyasining yangi flagman modeli kuchli apparat qismi va uncha baland bo’lmagan narh bilan ajralib turadi. Smartfonning taqdimoti o’tkazilgan muddatdan bir qancha vaqt o’tib jurnalistlar Xiaomi Mi5 bilan yaqindan tanishgan holda, uning ishlab chiqaruvchanligi va kamerasining imkoniyatlarini ko’rib chiqishdi. Ba’zi birlari esa smartfonning korpusini mustahkamligini sinab ham ko’rishdi. Fonearena portali mualliflari qurilmaning yana bir muhim hususiyatlaridan biri – avtonom ishlash vaqtini tekshirib ko’rishga qaror qildi. Eslatib o’tamiz, Xiaomi Mi5 5,15 dyudmga va 1920ga 1080 pikseldagi ekranga ega, hamda Snapdragon 820 chipi, 3000 mAs sig’imdagi akkumulyator batareyasi o’rnatilgan. Bundan tashqari smartfon Quick Charge 3.0 texnologiyasini qo’llab – quvvatlay oladi.

Fonearena portali o’tkazgan sinovga keladigan bo’lsak, Xiaomi Mi5 o’zini boshqa raqobatchilariga nisbatan ancha yaxshi tutdi. Misol uchun video tasvirni uzluksiz 25 soat ko’rish imkonini berdi. Samsung kompaniyasining Galaxy S7 flagmani bilan solishtiradigan bo’lsak, bu natija deyarli 9 soatga ko’p hisoblanadi. Biroq internet tarmog’ida sayrni amalga oshirish borasida Galaxy S7 Edge ga raqobatni topshirib qo’ydi, deya xabar beradi 4pda internet portal.

Fikr bildirish

Sizning e-mail tarqatib yuborilmaydi. Kiritilishi shart bo'lgan ma'lumotlar *