Snapdragon 823 va 6 GB li OZU bilan ta’minlangan Galaxy Note 6 yozda sotuvga chiqariladi

edgee

Samsung kompaniyasi tomonidan Galaxy Note 6 smartfoni taqdimotiga sanoqli oylar qolayotgan bir vaqtda, tarmoqda bu qurilma haqida turli ma’lumotlar suzib yurishni boshlagan. GSM Helpdisk resursining  keltirilgan ma’lumotga ko’ra,  hozirgi kunga kelib Samsung kompaniyasi Galaxy Note 6ning ikki turini sinovdan o’tkazmoqda: biri klassik tekis display bilan, ikkinchisi esa chekkalari qayrilgan display bilan. Ikkinchi turdagi display bilan, o’zingizga ma’lumki, Galaxy S7 Edge, Galaxy S6 Edge va Galaxy S6 Edge+ smartfonlari jihozlangan. Har qalay kompaniya yuqoridagi ikki turdan birini tanlashi aniq. Qurilma 6 GB operativ hotira va Qualcomm Snapdragon 823 chipi bilan ta’minlanadi. Ekran o’lchami 5,8 dyuymga teng bo’lib, QHD formatdagi tasvirlarni displeyga chiqara oladi. Albatta, prosessor sifatida Exynos 8890 ham tanlanishi mumkin. Galaxy Note 6 4000 mAs sig’imga ega akkumulyator batareyasi hamda 12 MPli o’lchamdagi kamera bilan yig’iladi. Qurilma, shuning bilan, suvga chidamli korpus va ko’z qorachig’i skaneri bilan jihozlanishi ham mumkin.

note6

Avvalroq Samsung kompaniyasi bukilgan display bilan Galaxy Note Edge smartfonini chiqargan edi. Biroq unda ekranning faqatgina bir tomonining o’zi bukilgan edi. Bunday assimetriya foydalanuvchilar orasida katta qiziqish uyg’ota olmadi. Tahminlarga ko’ra, Samsung kompaniyasi Galaxy Note 6 ni joriy yilning iyuniga qadar taqdim etadi. Bu haqda phonearena resursi xabar berdi.

2 Responses to Snapdragon 823 va 6 GB li OZU bilan ta’minlangan Galaxy Note 6 yozda sotuvga chiqariladi

  1. Voybo’o’. Barbir iPhone ga yetishaolmaydilar.

  2. MR GRAF:

    ILTIMOS SAYTGA YENGI MALUMOTLARNI QO’YINGLAR.
    DEYARLI 6 OY SHU MALUMOTLA BILAN ODAMLANI ALDAVOSSILA.
    FIKRIM YOQMAGAN BO’SA UZUR!!!

Fikr bildirish

Sizning e-mail tarqatib yuborilmaydi. Kiritilishi shart bo'lgan ma'lumotlar *