OnePlus  ikkinchi chorakda yangi flagman modelini taqdim etadi

rsz_x

Tashkil etilganiga atigi ikki yil bo’lganiga qaramay OnePlus kompaniyasi foydalanuvchilar e’tiborini qozona oldi, hamda yirik ishlab chiqaruvchilarning flagman modellari bilan raqobatlasha oladigan o’z mahsulotlarini bozorga chiqarishdan charchayotgani yo’q. O’zining birinchi ikki modelini kompaniya flagmanlar kushandasi nomi ostida chiqargan edi. O’sha davrning o’zida ushbu qurilmalarni katta miqdorda sotib olishdi. Haridorlarning auditoriyasi yana ham katta bo’lishi mumkin edi, agarda kompaniya mahsulotni erkin savdoga chiqarganda. O’tgan yilning ohiriga kelib kompaniya OnePlus X modelini ishlab chiqardi va o’z mahsulotlarini bozorda erkin sotilishini ta’minladi. Bu yili kompaniya navbatdagi flagmanni ishlab chiqarishga tayyorlanmoqda. OnePlus asoschisi Karl Pey yangi modellar ikkinchi chorakning ohirida taqdim etilishini tasdiqladi. Tahminlarga ko’ra, yangi smartfon OnePlus 3 deya nomlanadi, hamda yangi dizaynga ega bo’ladi. Karl Peyning so’zlariga ko’ra, OnePlus 3 foydalanuvchilarni hayratga sola oladi. Yangi model AQSH va boshqa bozorlarda shartnomasiz sotila boshlanadi. OnePlus 3ning narxi to’g’risida hech qanday rasmiy ma’lumot berilmagan, biroq tahminan $350 atrofida turadi. Smartfon Qualcomm kompaniyasi Snapdragon 820 prosessori hamda 1080p o’lchamdagi ekran bilan ta’minlanadi. Bu haqda Phonearena resursi xabar berdi.

One Response to OnePlus  ikkinchi chorakda yangi flagman modelini taqdim etadi

  1. KiNG:

    Yangiliklarga Gap Yo’!!!

Fikr bildirish

Sizning e-mail tarqatib yuborilmaydi. Kiritilishi shart bo'lgan ma'lumotlar *