Apple shu yili yozda harid qilingan iPhonelari sonini 1 mlrdga yetkazib olishni rejalashtirgan

stiv

Stiv Jobbs birinchi iPhone smartfonini taqdimoti paytida qurilmani qo’lga olganda, uni qanchalik ommalashib ketishini hech kim tahmin qilmagan bo’lsa kerak, hatto buni hayoliga ham keltirmagani aniq. Ammo iPhone smartfonlari hozirda eng mashhur mobil qurilma sifatida dunyoni zabt etib kelmoqda. 2015 yilning ohiriga kelib butun dunyo bo’ylab birinchi smartfon savdoga chiqarilgandan boshlab 896 mln dona sotilgan. Agar Apple 2016 yilning birinchi choragida 50 mln dona iPhone sotsa, hamda ikkinchi chorakda 44 mln dona smartfon sotishga erishsa, u holda Apple kompaniyasi 1 mlrd savdo ko’rsatgichiga 10 mln dona iPhone yetmay qoladi. Bu ko’rsatgichni zabt etish esa Apple uchun cho’t emas.

Kompaniyaning hozirgi kunda asosiy umidi 4 dyuymli ekranga ega yangi iPhone SE dandir. Bu model avvalgi izdoshidan ko’proq tirajda sotilishiga umid qilmoqda. WSJ analitiklarining baho berishicha, Apple iPhone 7  va Apple iPhone 7 Plus taqdimotidan uch oy avvalroq kompaniya o’zining 1 milliard donadagi smartfonini sotishga erishadi. Hatto bu kun oldindan ma’lum qilinmoqda – bu 2016 yilning 20 iyul sanasidir. Aytgancha, Apple o’zining IOS – qurilmalari orasida 1 mlrd donadagi sotuv ko’rsatgichiga 2014 yilda erishib bo’lgan. iOS qurilmalari orasida iPhone, iPad va iPod Touch bor.

iPhone smartfoni birinchi sotuvga chiqarilganda 2 kun ichida 270 000 qurilma tirajida sotilgan bo’lsa, 1 mlnlik ko’rsatgichga 2007 yilning sentyabr oyida erishgan edi. 1 Million donadagi  Apple iPhone 3G smartfoni esa reliz uyushtirilgan haftani o’zida haridorlar tomonidan talab ketilgan. Apple iPhone 6S va Apple iPhone 6S Plus smartfonlari birnichi haftaning o’zida 13 mln dona harid qilingan. Mutahassislarning ta’kidlashlaricha, barcha davrlarda sotilgan iPhonelarning deyarli yarmi so’nggi ikki yilda savdoga chiqarilgan ekan, deya xabar beradi phonearena internet nashri.

Fikr bildirish

Sizning e-mail tarqatib yuborilmaydi. Kiritilishi shart bo'lgan ma'lumotlar *