AnTuTu benchmark AQSH, Xitoy va Rossiyada ko’p sinovdan o’tadigan smatfonlar ro’yhatini e’lon qildi

antutu

Bir muddat avval AnTuTu kompaniyasi qaysi smartfonlar joriy yilning birinchi choragida, benchmarkda eng ko’p tekshirilayotgani haqida ro’yhatni e’lon qilgan edi. Endilikda kompaniya mutaxassislari shu davr uchun bir muncha o’zgacha reytingni chop etishdi. Agar bozordagi umumiy vaziyatni boholaydigan bo’lsak, u holda Samsung kompaniyasi mutlaqo yetakchilikni o’z qo’liga olgan.  Kompaniyaning 5 smartfoni Samsung Galaxy Note 5 boshchiligida yetakchi bo’lib olgan. Yaqindagina taqdimoti o’tkazilgan Samsung Galaxy S7 tezda beshinchi o’ringa ko’tarilib oldi. Bu esa smartfon avvalgi vakilidan ko’proq sotilayotganini ko’rsatadi.

global

Xitoy bozorida katta farq bilan Xiaomi Redmi Note 3 yetakchilik qilayotgan bo’lsa, uning ketidan Xiaomi 4 va Xiaomi 4c ketmoqda. Kuchli beshlikni Meizu Metal va Meizu MX5 yakunlab bermoqda.

china

Samsung Galaxy Note 5 smartoni Amerika bozorida ham AnTuTu foydalanuvchilari orasida yetakchi hisoblanadi, ikkinchi o’rinni ushbu liniyaning avvalgi modeli egallab turibdi. Uchinchi va to’rtinchi o’rinlarni Google Nexus 6P va Google Nexus 6 lar o’ziniki qilib olgan.

us

Rossiya bozoriga keladigan bo’lsak, AnTuTu benchmarkda testdan o’tkazilayotgan eng ommabop smartfon  Xiaomi Redmi Note 2 hisoblanar ekan. Ikkinchi pog’onada Asus Zenfone 2, uchinchi pog’onada esa Samsung Galaxy S6 turibdi.

russi

Boshqa davlatlarda holat qanday ekanligi bilan qiziqayotgan bo’lsangiz AnTuTuning rasmiy sahifasiga kirib ko’rishingiz mumkin. Bu haqda iXBT internet nashri xabar berdi.

Fikr bildirish

Sizning e-mail tarqatib yuborilmaydi. Kiritilishi shart bo'lgan ma'lumotlar *