Samsung Galaxy S7 21-fevral kuni Unpacked 2016 ko’rgazmasida tanishtiriladi

samsungs7

Twitter platformasi foydalanuvchisi @Ricciolo1 o’zining mikroblogida, sotuvga chiqishi rejalashtirilayotgan, ammo rasmiy e’lon qilinmagan Samsung Galaxy S7 smartfonining yangi tafsilotlari haqida xabar tarqatdi.

Uning ma’lumotlariga ko’ra, Samsung Galaxy S7 (Samsung Galaxy S7 va Samsung Galaxy S7 edge)gadjetlari lineykasi 2016 yilning 21-fevralida bo’lib o’tadigan Galaxy Unpacked 2016 ko’rgazmasida taqdim etiladi.

Eslatib o’tamiz, avvalroq ushbu flagman debyuti 2016 yilning yanvar oyida bo’lishi haqida ma’lumotlar tarqatilgan edi. Yangi Samsung Galaxy S7 o’zida Apple’dagi bosish kuchini aniqlovchi 3D Touch USB Type-C porti, yuqori sifatdagi ovoz va 20 megapiksel sensorlik ikkitalik kamera kabi xususiyatlarga ega bo’lishi taxmin qilinmoqda. Ba’zi manbalarga ko’ra kompaniyaning yangi mahsuloti ikkita variantda (“premium” va “sub-premium”) taqdim etiladi.

Manba: http://www.sammobile.com

Fikr bildirish

Sizning e-mail tarqatib yuborilmaydi. Kiritilishi shart bo'lgan ma'lumotlar *