Li-Fi texnologiyasi Wi-Fi`dan 100 barobar tez ishlaydi

li-fi

Mashable internet nashrining habar berishicha, olimlar ustida to’rt yildan beri ish olib borayotgan Li-Fi nomli texnologiya Wi-Fi texnlogiyasidan 100 martta tezkorlikda ishlashini aytmoqda. Li-Fi hozirgi kunda foydalanishdagi Wi-Fi’ning o’rnini egallashi lozim. Li-Fi texnologiyasida ma’lumot nanosoniyalar ichida miltiraydigan LED yorug’lik diodlari yordamida tarqatiladi. Yorug’lik nurlarini qabul qilish uchun esa maxsus fotodetektorlardan foydalaniladi, u kelib tushgan signalni avvalgi holatiga qaytaradi. Yorug’lik tebranishlari inson ko’zi uchun sezilmaydigan xodisadir. 2011 yilda olimlar laboratoriya sharoitida bu texnologiya yordamida ma’lumotni 224 Gbit/s tezlikda uzatishga erishilgan. Ammo ofis yoki uy sharoitida bu tezlik 1 Gbit/s ga tushadi.

O’z o’zidan ko’rinib turibdiki, Li-Fi texnologiyasida ma’lumot himoyalangan bo’ladi. Li-Fi orqali uzatilgan ma’lumotni  deyarli ushlab olish imkoni yo’q,  albatta agar siz uzatgich yoki qabul qilgich bilan bir xonada turmasangiz. Birinchi Li-Fi tarmoqni Estoniyaning Velmenni kompaniyasi qurdi. Endi bu texnologiya orqali ma’lumot almashinish Tallin’ning bir qancha binolarida mavjud.

Iste’molchilar uchun bu texnologiya yaqin 3-4 yil ichida taqdim etilishi mumkin, deydi Velmenni kompaniyasi vakillari. Li-Fi ning targ’ib etilishi, Wi-Fi’ning texnologiya bozoridan chiqarib yubora olmaydi, balki ular birgalikda, integratsiya qilingan holda foydalanilishi mumkin.

10 Responses to Li-Fi texnologiyasi Wi-Fi`dan 100 barobar tez ishlaydi

  1. Shunga yarasha zaryadni ham ko’p yesa kere

  2. Shunga yarasha ko’p zaryad yesa kerak

  3. Temurlan:

    Birnarsaga erishish uchun boshqa narsadan keshish kerak. Bu texnologiyalar yaqin 3-4 yillikda shiqariladi deyilyapti ungasha telefonlarning zaryadlari ko’pga chidiydiganlari ham chiqib qolar.

  4. KiNG:

    Saytga Gap yo’g’akan lekin

  5. juda yaxshi admin bilan qanday bog’lansak bo’ladi

Fikr bildirish

Sizning e-mail tarqatib yuborilmaydi. Kiritilishi shart bo'lgan ma'lumotlar *