Apple iPhone 2018 yildan boshlab OLED-displeyga ega bo’ladi

ap old

Bir qancha muddat oldin Apple kompaniyasining kelajakdagi rejalari haqida analitik  Ming Chi Kuo gapirib o’tgan edi. Uning so’zlariga ko’ra 3 yildan so’ng iPhone smartfonlari OLED-displey bilan ishlab chiqarilishi mumkin. Endi esa Nikkei Asian Review nashri bu ma’lumot haqiqat ekanligini tasdiqlamoqda.

Jurnalistlarda bor ma’lumotga ko’ra, Apple o’z hamkorlarini 2018 yildan boshlab o’z smartfonlari uchun organik yorug’lik diodli ekranlardan foydalanishi to’g’risida ogohlantirgan. Ko’p sonli taxminlarga ko’ra, buyurtmaning asosiy qismi LG va Samsung kompaniyalari zimmasiga tushadi. Samsung kompaniyasi Apple bilan allaqachon bu yo’nalishda ishlab kelmoqda. U Apple Watch aqlli soatlari uchun ekran yetkazmoqda.

Biroq, Nikkei Asian Review nashrining habar berishicha,  Janubiy Koreyaning ikki elektronika mahsulotlari ishlab chiqaruvchi giganti barcha iPhone`lar uchun OLED-matritsa yetkazib bera olmasligi mumkin. Bunday vaziyatda Apple smartfonlarini ikki xil ko’rinishda, OLED va LCD displeylar bilan ishlab chiqarilishi mumkin.

Shuni eslatib o’tish kerak, OLED display katta yorqinlik va quvvat tejamkorligi rejimida ishlasa, LCD displeylarga nisbatan foydalanish muddati qisqaradi. Bu masala bo’yicha Apple va uning hamkorlari allaqachon ish boshlab yuborishgan.

Manba: http://3dnews.ru

One Response to Apple iPhone 2018 yildan boshlab OLED-displeyga ega bo’ladi

  1. […] ta’kib o’tish joizki, kuni kecha Apple kompaniyasi 2018 yildan boshlab o’z mobil qurilmalarida OLED – displeylardan foydalanishi […]

Fikr bildirish

Sizning e-mail tarqatib yuborilmaydi. Kiritilishi shart bo'lgan ma'lumotlar *