Microsoft Lumia 850 o’rniga Lumia 650 XLni chiqaradi

lumiA

Microsoft kompaniyasi vakillari avvalroq 2016 yil boshida bozorga metal korpusga ega Lumia 650 smartfonini chiqarishi rasman tasdiqlagan edi. Shuningdek, yana bir yangi model, Lumia 850 ham chiqarilishi mumkinligi to’g’risida tahminlar mavjud edi. Biroq keyinchalik, kompaniya tomonidan ishlab chiqariladigan model faqatgina Lumia 650 bilan chegaralanishi oydinlashdi. Shu bilan birga tarmoqda Microsoft kompaniyasi maxsuloti hisoblangan smartfon tasvirlari tarqaldi. Manbaning ta’kidlashicha, Lumia 850 o’rniga ishlab chiqariladigan model Lumia 650 XL bo’lar ekan.
Taqdim etilgan ma’lumotga ko’ra, Lumia 650 XL tavsiflari Lumia 650 niki kabi bo’ladi, faqatgina displey o’lchami 1280×720 pikselli va  5,4 dyuymga teng. Qo’llanilgan prosessor ham Snapdragon 210. Yana shu ma’lum bo’ldiki, suhbat dinamiki yonidagi element ko’z setkasi skaneri emas, balki old kamera ekan. Microsoft kompaniyasining boshqa yangi qurilmalari singari Lumia 650 XL ham Windows 10 Mobile operatsion tizimi bilan keng ommaga taqdim etiladi, ammo ularning anonsi kuni hali hamon noma’lumligicha qolmoqda, deya xabar berdi 4pda internet nashri.

One Response to Microsoft Lumia 850 o’rniga Lumia 650 XLni chiqaradi

Fikr bildirish

Sizning e-mail tarqatib yuborilmaydi. Kiritilishi shart bo'lgan ma'lumotlar *