LG boshqa Nexus smartfonini yaratmaydi

nexus-5x

LG kompaniyasi Google bilan hamkorligi doirasida shu vaqtgacha 3 dona Nexus oilasiga mansub apparatini yaratgan: Nexus 4(2012), Nexus 5(2013), Nexus 5X(2015). Mantiqan olib qaraganda, ushbu oilaga mansub keyingi model ham janubiy koreyalik ishlab chiqaruvchi qalamiga masub bo’lishi kutlgan edi. Biroq LG kompaniyasi vakillarining Mobile World Congress 2016da aytib o’tgan so’zlariga qaraganda kompaniya va Google o’rtasida boshqa kelishuv bo’lmaydi. Bu ma’lumot vaqt davomida o’z  kuchida qoladimi yoki yo’qmi noma’lum. Biroq ma’lumot bergan LG mutaxassisi buning sababini aytib o’tgan. LG kompaniyasi o’zining shahsiy brendiga bor e’tiborini berishini va bor kuchini flagman modeli LG G5ni MWC 2016 da namoyish qilishga, hamda o’z mahsulotlarini mukammallashtirish ustida ish olib boradi. Eslatib o’tamiz, LGning raqobatchisi Samsung kompaniyasi Galaxy S7 modelini ham MWC 2016 doirasida taqdim etgan edi. Agar yuqoridagi ma’lumot haqiqat bo’lib chiqadigan bo’lsa, Nexusning keyin avlodi HTC bilan hamkorlikda chiqarilishi to’g’risida tarqalgan xabar haqiqat bo’lib chiqishi mumkin, deya xabar berdi 3DNews internet resursi.

Fikr bildirish

Sizning e-mail tarqatib yuborilmaydi. Kiritilishi shart bo'lgan ma'lumotlar *