Intel shaxsiy kompyuterlar uchun turli modeldagi yangi prosessorlar chiqardi

f

Intel korporatsiyasi o’zining rasmiy prays-listini Broadwell va Skylake arxitekturasiga asoslangan turli modeldagi yangi prosessorlar bilan to’ldirdi. Ulardan ikki modeldagilari shaxsiy kompyuterlar uchun mo’ljallangan bo’lsa, 4 turi Core oilasiga mansub mobil qurilmalarga, hamda yana ikki modeli kam quvvatli Celeron seriyasiga mansub kompyuterlar uchun mo’ljallangan.

Shaxsiy kompyuterlar uchun chiqarilgan Core i3-6098P и i5-6402P modellari nomidagi “P” suffiksi ulardagi GPU(graphics processing unit)ning o’chirilganligini anglatadi. Ikki yadroli Core i3-6098P modelining nominal takt chastotasi 3.6 GGsni tashkil etadi hamda narxi $117 ga teng. Core i3-6100 modeli ham taxminan shu narx atrofida turadi. Bu modeldan farqli o’laroq, to’rt yadroli Core i5-6402P $182ga baholangan bo’lib, L3 darajadagi keshga ega.  ULV modellari hisoblanadigan Celeron 3855U va 3955U prosessorlar avvalgi avlod Celeron 3215U va 3765U larning o’rniga chiqarilgan. Ularning ishchi chastotasi 1,6 va 2 GGSni tashkil etadi. Har biri ikki yadroga ega bo’lib, L3 kesh xotira hajmi 2 Mbaytga teng. Bu ikkala prosessor integrallashgan Intel HD Graphics 510 ga ega hamda HyperThreading texnologiyasini qo’llamaydi. Bu haqda 3DNEWS xabar bermoqda.

1

 

2 Responses to Intel shaxsiy kompyuterlar uchun turli modeldagi yangi prosessorlar chiqardi

  1. ¢@®d°®b€k:

    Sal chunarliroq ber sela yahshi bo’lardi chunki 1-2ta odam chunsa ham qoganlari
    Masalan:3955U protsesori 3955 nima ?
    Shuni to°g’ilasela yahshi bo’lardi

  2. ¢@®d°®b€k:

    Sal chunarliroq qsela yahshi bo’lard

    Lekin saytni DIZAYNIGA va YANGILIKLARIGA gap yo’q

Fikr bildirish

Sizning e-mail tarqatib yuborilmaydi. Kiritilishi shart bo'lgan ma'lumotlar *