Apple planshet bozorida xamon yetakchilikni ushlab turibdi

apple2

IDC tahlil kompaniyasi keltirgan ma’lumotga ko’ra, joriy yilning ikkinchi choragida butun dunyo bo’ylab planshetlar savdosi 12%ga pasaygan – bu ko’rsatgich 44,1 mln donadan 38,7 mln donagacha qisqargan. So’nggi habarlarga ko’ra jahon bozorida yetakchi o’rinni kompaniya qurilmalari savdosi hajmining ancha pasayib ketganiga qaramay,  Apple kompaniyasi mahsuloti egallab turibdi. Kupertinliklar iPad planshetlarini 10 mlndan biroq ko’p miqdorda pullashga erishganlar. O’tgan yili shu davrda Apple iPad bilan 11 mln dona ko’rsatgich atrofida to’xtagan edi.

Apple по-прежнему занимает первое место среди производителей планшетов

Applening eng talabgor planshetlar orasida birinchi o’rinni saqlab qolishga erishgan bo’lsada, ikkinchi chorakda Android bazasi ostida ishlaydigan planshetlar bozorning 65%ni egalladi, iOS qurilmalari esa 26%lik natija bilan ikkinchi bo’lib turgan bo’lsa, Microsoft kompaniyasi mahsuloti hisoblanmish Windows mobil OTi qolgan 9%ni o’ziniki qilib olgan. Apple vakillarining ma’lumot berishicha so’nggi davrda iPad planshetlarining savdo hajmining tushganiga qaramay, kompaniya iPad Pro evaziga ko’rsatgichlarni yuqori saqlanib qolishiga erishishgan.

Jahon bozoriga planshet yetkazib berish bilan shug’ullanuvchi yana bir yirik kompaniya, Samsung, ikkinchi chorakda 6 mln qurilma sotishga muvaffaq bo’lgan. Biroq kompaniyaning bozordagi umumiy ulushi 18,2% dan 15,6% gacha tushib ketgan.

Reytingning uchinchi pog’onasini Lenovo kompaniyasi 2,5 mln planshet va bozorning 6,6% lik qismi bilan o’ziniki qilib turibdi. Undan so’ng esa Huawei bormoqda. Kompaniya o’z ishlab chiqarishini 71%ga o’stirishga erishgan holda, jahon bozoridagi ulushini 2,9%dan 5,6%ga olib chiqqa. Kuchli beshlikni Amazon kompaniyasi 1,6 mln dona sotilgan planshet bilan egallagan bo’lib, bozordagi umumiy ulushi 4%ni tashkil etib turibdi, deya habar berdi 9to5mac resursi.

One Response to Apple planshet bozorida xamon yetakchilikni ushlab turibdi

Fikr bildirish

Sizning e-mail tarqatib yuborilmaydi. Kiritilishi shart bo'lgan ma'lumotlar *