Apple Mac kompyuterlarida zaiflikni aniqlagan kompaniyani sotib oldi

bootefi

O’tgan yilning avgust oyida kompyuter xavfsizligi sohasida faoliyat yurituvchi LegbaCore kompaniyasi Mac kompyuterlarining avvaldan o’rnatilgan dasturiy ta’minotida bo’shliq bor ekanligini aniqlagan edi. Ular Thunderstrike 2 dasturini yozishga muvaffaq bo’ldilar va bu dastur oddiy havola ko’rinishida yuklanadi hamda Mac kompyuterida dasturiy ta’minotda foydalanuvchiga sezdirmagan holda modifikatsiya ishini amalga oshiradi. Bu holatni ortga qaytarish kompyuterda operatsion tizimni qayta o’rnatish bilan ham amalga oshmagan. Dasturchilar bu vaqtda Apple kompaniyasini bu muammo haqida ogohlantirdilar va kompaniya bo’shliqni keng ommaga tarqalib ketmasidan bartaraf etdi. Shu bilan bu ikki kompaniya ortasidagi hamkorlik yakuniga yetmadi, aksincha, Apple kompaniyasi Thunderstrike 2 chiqarilgan kundan 2 oy o’tib LegbaCore kompaniyasini sotib oldi. LegbaCore kompaniyasi mutaxassislarining so’zlariga qaraganda, dasturchilar Appleda “quyi pog’onadagi xavfsizlik” ustida ish olib borishadi, deya xabar berdi iXBT nashri.

lebra

One Response to Apple Mac kompyuterlarida zaiflikni aniqlagan kompaniyani sotib oldi

  1. Nega «quyi pog’onadagi xavfsizlik» ?

Fikr bildirish

Sizning e-mail tarqatib yuborilmaydi. Kiritilishi shart bo'lgan ma'lumotlar *