Apple iPhone 6Sni tovada qovurishdi(video)

iPhone

Keyingi yillarda smartfonlarni o’ta og’ir sinovlarga solish tobora ommaviylashib bormoqda. Albatta, bu tajribalarda kupertinliklarning mahsulotlari yetakchi o’rinda turadi. Ko’pgina videobloggerlar iPhoneni sindirib ko’rishgan, mix qoqishgan, muzlatishgan, qurol-yarog’dan otib ko’rishgan, koka kolada qaynatishgan, qayiltirib ko’rishgan va hokazolar. biroq tashabbuskorlarning hayoli chegara bilmaydi. TechRax resursi vakillari pushti rang Apple iPhone 6Sni mumdan ishlangan Crayons qalamlari bilan qovurishga qaror qildilar. Tajriba avvalida smartfon yorqin ko’k rangga burkandi, biroq tez orada akkumulyatordan tutun chiqib ketdi va smartfon o’ta qizib ketdi, u bilan tova ham qizidi. Bu sinovlardan so’ng smartfon hech bir ta’mirlash ustaxonasida o’ziga keltirib bolmaydigan holatni o’zida jamladi. Uning barcha komponentlari yonib, o’zi bo’laklarga bo’linib ketdi. Bu haqda phonearena resursi xabar berdi.

Fikr bildirish

Sizning e-mail tarqatib yuborilmaydi. Kiritilishi shart bo'lgan ma'lumotlar *