Apple buzilgan smartfonlarni yangisiga almashtirish chog’ida himoya qoplamasini ham o’rnatib beradi

rsz_broken-iphone

Apple kompaniyasi iPhone smartfonlariga aloqador ikki chakana savdo dasturini ishga tushirdi. Unga ko’ra birinchidan yangi apparatni harid qilish chog’ida olib kelingan buzulgan iPhone uchun zararlangan ekran, kamera va tugmacha holatlari ham qo’shildi. Ikkinchidan esa, Applening firma do’konlarida yangi iPhone smartfonlari uchun himoya oynasi taklif qilinadi. Apple kompaniyasi vakillarining fikriga ko’ra, singan ekranli smartfonni ta’mirlash qimmatga tushishi mumkinligini hisobga olib, foydalanuvchilar ularni do’konlarga topshirgan holda yangi i iPhone 5s, iPhone 6 yoki 6 Plus sotib olishni afzal ko’rishlari mumkin. Manbaning qayd etishicha, iPhone 5sni harid qilish mobaynida eski smartfon $50, iPhone 6 da $200 va 6 Plusni harid qilishda $250 iqtisod qilish imkonini beradi.

Himoya oynasi bilan o’rnatilgan holda yangi iPhonelarni sotilishi dastlab faqat Applening birinchi do’konlaridagina tadbiq etiladi, hamda keyinchalik keng ommaga ham taqdim etiladi. Haridorlarga Applening ekran uchun firma plastik himoyasi beriladi. Himoya qoplamasi va uni o’rnatuvchi moslamani Belkin kompaniyasi taqdim etadi. Avvalroq Apple himoya qoplamasini ekranga o’rnatilshda salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin hisoblab , ularni o’rnatishni taqiqlab qo’ygan edi. Endilikda o’rnatish chog’ida nimadir noto’g’ri ketsa, Apple boshqa yangi himoya qoplamasi va uni o’rnatib berishni taklif etadi, deya xabar berdi 9to5mac resursi.

 

Fikr bildirish

Sizning e-mail tarqatib yuborilmaydi. Kiritilishi shart bo'lgan ma'lumotlar *