TSMC kompaniyasi yer qimirlashidan ko’rgan zararni hisoblab chiqdi

TSMC-Fab14

Joriy oy boshida Tayvanda kuchli yer qimirlashi kuzatilgan edi. Buning natijasida yirik yarim o’tkazgich mahsulotlari ishlab chiqaruvchi kompaniyalar zarar ko’rdi, TSMC kompaniyasi ham shular jumlasidandir. Dastlab, shartnoma bo’yicha yarim o’tkazgich mahsulotlari ishlab chiqaruvchi TSMC ko’rgan zarar katta bo’lmasligi mumkinligini tahmin qilgan edi. Birinchi chorakda jahon bozoriga mahsulot yetkazib berish hajmini atigi 1%ga qisqartirishni mo’ljalladi. Biroq so’nggi hisob-kitob natijalariga ko’ra, kamomad 1%dan ko’p bo’lishi oydinlashdi. Gap shundaki, tabiiy ofat yuz bergandan so’ng TSMCning Fab 6 va Fab 14B korxonalarida avariya holati yuzaga kelgan. Fab 14Bning ish faoliyati to’liq tiklangan bo’lsada, Fab 6 dagi muammo jiddiy bo’lib chiqgan, texnik qurilmlarning katta qismi ishsiz holatga kelib qolgan. Shunga qaramay, kompaniya birinchi chorakda $5,9-6,0 mlrd atrofida daromad olishni mo’ljallamoqda, deya xabar berdi DigiTimes resursi.

Fikr bildirish

Sizning e-mail tarqatib yuborilmaydi. Kiritilishi shart bo'lgan ma'lumotlar *