Oraclening Linux bo’yicha yetakchisi Microsoft kompaniyasiga o’tib ketdi

vim

Joriy yilning aprel oyi boshida  Linux bo’yicha katta mutaxassis Vim Coekaertsning Oracle kompaniyasidan Microsoftga o’tishi ma’lum bo’lib qoldi. Bu o’tishni Windows operatsion tizimining Linuxga nisbatan shu kunlardagi ommalashib borishini ko’rsatish mumkin bo’ladi. Coekaertsning Microsoft kompaniyasida ish boshlagani hususida ZDNet nashriyoti xabar berdi. Amerikalik kompaniya vakillari ham bu ma’lumotni o’z navbatida haqiqat ekanligini tasdiqladilar.

“ Vim Coekaerts Microsoftga Open Source yechimi bo’yicha vise-president lavozimida Enterprise Cloud Group bo’linmasini boshqarish uchun tayinlandi. Coekaerts Open Source jamiyati yo’nalishida innovatsiyalar va yangi g’oyalarni tadbiq etish bilan shug’ullanadi, ularni qo’llab – quvvatlaydi –Microsoft kompaniyasining Enterprise Cloud bo’linmasining korporativ vise-presidenti Mike Neilning so’zlari tayangan holda ZDNet nashri  xabar berdi “

Kokaertsning Linkedin ijtimoij tarmog’idagi sahifasida keltirilgan ma’lumotga tayaniladigan bo’lsa, u Microsoft kompaniyasida 2016 yilning mart oyidan beri ishlab kelmoqda. Haqiqatda ham u Open Source yechimi bo’yicha korporativ vise-president lavozimini egallagan. Microsoft kompaniyasiga o’tgunga qadar Vim Oracle kompaniyasida Linux distributivlari bo’yicha Oracle Linux and Virtualization Engineering yo’nalishida vise-president lavozimini band qilib turgan. Vim Oraclega 1995 yilda faoliyat yuritish uchun kelgan. Vim Koekaerts Oracle kompaniyasiga Linux mahsulotlari bozorida yetakchilikni qo’lga olishda kata yordam bergan. Biroq Microsoftda u qanday loyihalar ustida ish olib borishi hali noma’lum. Microsoft kompaniyasi joriy yilning mart oyida Linux uchun SQL Serverda relyatsion bazani boshqarish tizimining versiyasini taqdim etishi bilan Linuxga befarq emasligini ko’rsatidi. Kompaniyaning bunday qadam tashlashi Oracle va IBM kabi raqobatchilardan mijozlarni o’ziga jalb qilish uchun amalga oshirilganligi sir emas. Chunki bu baza Microsoft Excel elektron tablitsalari bilan integratsiya qilgan holda ishlay oladi, deya xabar beradi Tadviser internet nashri.

Fikr bildirish

Sizning e-mail tarqatib yuborilmaydi. Kiritilishi shart bo'lgan ma'lumotlar *