Kuchli zilzila Sony kompaniyasi korxonalarini ishdan chiqishiga olib keldi

A logo of Sony Corp is seen outside its headquarters in Tokyo, Japan, January 27, 2016. REUTERS/Yuya Shino

O`tgan haftada Yaponiya hududida ko’pgina korxona va kompaniyalarning ish faoliyatini izdan chiqishiga olib kelgan ikki ketma – ket yer qimirlashlari yuz berdi. Buning oqibatida elektronika mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi yirik kompaniyadan biri Sony ham 4 fabrikasidan ikkitasida ishlab chiqarish jarayonini to’xtatib turishga majbur bo’ldi. Bu korxonalarda kompaniya tasvir sensorlarini ishlab chiqaradi. So’nggi yillarda Sony kompaniyasi CMOS tipidagi tasvir sensorlarini ishlab chiqarib, bozorning 40%ni egallab turibdi. Ko’pchilikka ma’lumki, tasvir sensorlarini yetkazib berish yapon kompaniyasining asosiy yo’nalishlaridan biri hisoblanadi. Bu yo’nalishga berilayotgan katta e’tibor natijasida ham Sony bozorning katta qismini o’ziniki qilib olgan.

Kompaniya bu ikki fabrikadagi ish faoliyatni qayta yer qimirlashlari to’xtagach, qayta tiklash niyatida. Ishlab chiqaruvchining so’zlariga qaraganda, korxonalardagi bu tanaffus mahsulot yetkazib berishda uzilishlarga olib kelmaydi. Tabiiy ofatdan boshqa yirik kompaniyalar ham zarar ko’rgan. Misol uchun, avtomobillarga mikrokontroller ishlab chiqaruvchi Renesas kompaniyasi, Mitsubishi kompaniyasining suyuq kristalli display ishlab chiqarishga mo’ljallangan ikki korxonasi, Honda, Toyota va Nissan korxonalari to’xtab qolgan. Bu haqda Reuters axborot agentligi xabar berdi.

Fikr bildirish

Sizning e-mail tarqatib yuborilmaydi. Kiritilishi shart bo'lgan ma'lumotlar *