Intel 12 ming nafar xodimni ishdan bo’shatadi

intel

Microchip va shu kabi qurilmalarni ishlab chiqaruvchi yirik kompaniya Intel ommaviy ravishda xodimlar shtatini qisqartirish niyatida. Kompaniya mutaxassislarini kompyuterlar uchun mo’ljallangan prosessorlar ishlab chiqarish biznesidan serverlar va Internet buyumlari yo’nalishga qarab o’zgarayotgan biznes fonida bo’shatmoqchi. Reuters axborot agentligining Intelga havola qilgan holda xabar berishicha, korporatsiya shtati 11 foizga qisqaradi, buning oqibatida butun dunyo bo’ylab 12 ming ish o’rni bo’shaydi. 2015 yilning so’nggiga kelib Intel kompaniyasida butun jahon bo’ylab 107,3 ming kishi faoliyat yuritar edi. Ta’kidlanishicha, qisqartirishga tushgan hodimlarning katta qismi yaqin ikki oy ichida ogohlantiriladi, biroq ba’zi holatlarda ishdan bo’shatilish jarayoni 2017 yilning o’rtasigacha cho’ziladi. Kadrlar bo’yicha amalga oshiriladigan siyosat orqali Intel kompaniyasi $750 mln mablag’ni iqtisod qilib qolmoqchi, hamda, 2017 yilning o’rtasiga qadar yillik harajat $1,4 mlrdni tashkil qiladi. Intel kompaniyasining bosh direktori Brian Krzanichning so’zlariga ko’ra, kompaniya aqlli tarmoq texnologiyalari sohasida yetakchilikni qo’lga olish uchun uzoq muddatli o’zgarishlarni keltirib chiqarish maqsadida qayta strukturalash jarayonlariga bu kadr siyotasi ijobiy ta’sir o’tkazar ekan. Shu bilan birga Intelning moliyaviy yo’nalish direktori Steysi Smit ham kompaniyada egallab turgan lavozimidan  ketishini ma’lum qilgan. U ishlab chiqarish va sotuvga javob bermoqchi. Intel kompaniyasida moliyaviy rahbar lavozimi uchun mutaxassis qidirila boshlangan, deya xabar beradi Reuters axborot agentligi.

Fikr bildirish

Sizning e-mail tarqatib yuborilmaydi. Kiritilishi shart bo'lgan ma'lumotlar *