HTC smart soatlari sanoatni butunlay o’zgartirib yuboradi

htc-grip-and-htc-one-m9_resize

Global tarmoqda HTC kompaniyasining aqlli soatlar ustida izlanishlar olib borayotgani to’g’risida bir necha yildan beri turli xabarlar aylanib yuribdi. Tayvanlik kompaniya rahbariyati bir neha bora qurilma ustida turli tajribalar o’tkazilayotganligini hamda u haqiqatda ham mavjud ekanligini ta’kidlab o’tgan. Biroq shu paytgaga HTC faqatgina HTC Grip nomli sport brasletini taqdim etgan holos. U ham Under Armour kompaniyasi bilan hamkorlikda yaratilgan edi. MWC 2016 halqaro ko’rgazmasi doirasida HTC bosh direktori Sher Vong ishonch bilan kompaniya yaratadigan smart soatlar bu sanoatni tubdan o’zgartirib yuboroshini ta’kidlab o’tdi. “HTCning aqlli soatlari bozorga kirib brogan taqdirda, gadjetlar olami butunlay o’zgarib ketadi”, deydi Shar Vong.

htc smart

Shunday bo’lganda ham Sher Vong gadjetning mavjudligini rasman tasdiqlamadi, faqat HTC smart soat ishlab chiqarishni boshlasa, revolyutsiya yuz berishi mumkinligini ta’kidladi, holos. HTCning moliyaviy direktori ham kompaniya aqlli soat hususida bir qancha g’oyalar tayyorlab qo’yganligini aytib o’tdi,  deya xabar berdi 4pda resursi.

Fikr bildirish

Sizning e-mail tarqatib yuborilmaydi. Kiritilishi shart bo'lgan ma'lumotlar *