Apple Watch iPhonedan ko’ra omadli bo’lib chiqdi

watch

Bundan roppa-rosa bir yil avval Apple kompaniyasi Apple Watch nomi ostida o’zining aqlli soatlarini sotuvga chiqargan edi. The Wall Street nashriyoti keltirgan ma’lumotiga  ko’ra, bir yil vaqt ichida aqlli soatlar 12 mln tirajda sotilgan va bu ko’rsatgich bilan Apple watch korporatsiyaga $6 mlrd daromad keltirdi,  hamda aqlli soatlar bozorini 61% lik ulushini egallab olgan. Solishtiradigan bo’lsak, Apple Watch anonsi uyushtirilgandan so’ng birinchi iPhone bir yil oralig’ida sotilgan miqdoridan 2 barobar ko’p foydalanuvchilar tomonidan harid qilingan. Shuning bilan birga, Apple Watch foydalanuvchilarining bir qismi so’rov qilinganda, ularning 93%lik qismi aqlli soatlar ularni to’liq qoniqtirar ekan. Bu orada Apple kompaniyasi Apple Watchning yanada tezkor prosessorli, yupqa korpusli va smartfonsiz qo’ng’iroq amalga oshirish imkoniga ega yangi avlodi ustida ishlayotganligi to’g’risida gap so’zlar tarqalgan. Yangilangan Apple Watch 2 shu yil davomida omma e’tiboriga taqdim etiladi, deya xabar berdi 4pda internet resursi.

One Response to Apple Watch iPhonedan ko’ra omadli bo’lib chiqdi

  1. MR GRAF:

    ILTIMOS SAYTGA YENGI MALUMOTLARNI QO’YINGLAR.
    DEYARLI 6 OY SHU MALUMOTLA BILAN ODAMLANI ALDAVOSSILA.
    FIKRIM YOQMAGAN BO’SA UZUR!!!

Fikr bildirish

Sizning e-mail tarqatib yuborilmaydi. Kiritilishi shart bo'lgan ma'lumotlar *