Apple malakali dizayneridan ayrildi

apple

Apple korporatsiyasini iPhone smartfonlari va iMac G3 kompyuter – monobloki dizaynlarini yaratishda juda katta va muhim o’rin egallagan dizayner – Deniel Koster tark etdi. Denni endilikda GoPro kompaniyasida, dizayn bo’yicha vise – president lavozimida faoliyat yuritadi. Kompaniyaning rasmiy relisida xabar berilishicha, Deniel Koster GoPro kompaniyasida qurilmalardan tortib, dasturiy ta’minot hamda servislar dizayni bilan shug’ullanadi. Denni Koster asli Yangi Zelandiyalik bo’lib, Apple kompaniyasiga 1994 yilda kelib qo’shilgan. Kompaniyada 20 yillik faoliyat davomida Denni 600 dan ortiq patentni ro’yhatdan o’tishiga hissa qo’shgan hamda, bir qator qurilma va aksesuarlarning yaratilishida katta rol o’ynagan. Jumladan, iPhone 4 va iPad uchun simsiz klaviatura yaratilishida faol bo’lgan.  Uning ishlari bir qancha xalqaro dizaynerlik tashkilotlari tomonidan eng yaxshisi deb topilgan. Shuni ta’kidlash joizki, Denni Koster va GoPro kompaniyasi rahbari Nik Vudman bir necha yil avval, 2001 yilning dekabr oyida, Meksika sohillarida tanishib qolishgan. O’sha payt Nik o’zining birinchi ekshn-kamerasi prototipini sinovdan o’tkazayotgan bo’lgan, deya xabar beradi 3DNews internet nashri. (rasmda chapdan to’rtinchi)

01

Fikr bildirish

Sizning e-mail tarqatib yuborilmaydi. Kiritilishi shart bo'lgan ma'lumotlar *