Apple kompaniyasining 77% mobil qurilmalari iOS 9da ishlamoqda

rsz_ios9

Bir yarim oy avval Apple kompaniyasi o’z mobil qurilmalarining 75% qismida  iOSnig so’nggi versiyasidan foydalanilayotganligi to’g’risida xabar bergan edi. shu haftada Apple yangi statistik hisobotini e’lon qildi, bu hisobotda iOS operatsion tizimining turli versiyalarining egalab turgan pozitsiyasi ko’rsatilgan. Hisobotda ko’rinib turibdiki, iOSning yangi versiyasiga foydalanuvchilar qurilmalarining o’tishi sekinlashgan, hamda hozirgi vaqtga kelib 77% Apple qurilmalariga o’rnatilgan. G’arblik nashrlar ham oy boshida shu hisobotni chop etishgan edi. Kuzatuvchi ekspertlarning fikriga ko’ra iOS 9 operatsion tizim versiyasi iOS 8 ga nisbatan ommaviyroq ekan. iOS 9 operatsion tizim versiyasi foydalanuvchilar e’tiboriga havola etilganiga 9 oy bo’lganiga qaramay, uning o’sib borish tezligi yuqoriligicha qolmoqda. Ayni vaqtda iOS 8 17% qurilmaga o’rnatilgan, deya xabar beradi Apple.

ios

One Response to Apple kompaniyasining 77% mobil qurilmalari iOS 9da ishlamoqda

Fikr bildirish

Sizning e-mail tarqatib yuborilmaydi. Kiritilishi shart bo'lgan ma'lumotlar *