Amazon kompaniyasi Germaniyada aeroport sotib oladi

Amazon.de_Versandhaus_Leipzig

Germaniyalik nashriyotlarning keltirib o’tgan ma’lumotlariga qaraganda, yirik internet do’koni egasi Amazon kompaniyasi Germaniyaning g’arbiy qismidan aeroport sotib olish imkoniyatlarini qidirmoqda. Amerikalik internet – gigantning vakillari zararga ishlayotgan Frankfurt – Xan aeroporti ma’muriyati bilan muzokara olib borishgan. Bu haqda Sueddeutsche Zeitung haftalik nashri, hamda logistika bilan shug’ullanivchi Lloyd’s Loading List industriyasi o’z web sahifasida xabar bergan. Maqolada muzokarada aynan nima muhokama qilinganligi to’grisida aniq keltirilmagan, biroq aeroport ma’muriyatiga uchta taklif kelib tushgani ma’lum. Germaniya hududida joylashgan aeroport Amazon kompaniyasiga muhim transit boglamasi bo’lib hizmat qilishi mumkin. Bu bog’lama orqali kompaniya butun Yevropa bo’ylab o’z servisini rivojlantirishga erishadi. Shuning bilan birga, bu Amazon kompaniyasi uchun to’laqonli logistika  va yuk tashish xizmatini qurish uchun hal qiluvchi bosqich bo’lishi mumkin. Shu orqali Amazon FedEX va UPS kabi kompaniyalarga raqobat ko’rsata oladi.

sm.aeropuerto-de-frankfurt-hahn.750

Fevral oyida Bloomberg Amazonning hizmat hujjatlari mazmuni haqida ma’lumot bergan edi, unga ko’ra kompaniya internet-do’kondan sotilgan tovarlarni foydalanuvchilarga yetkazib berishda DHL, UPS va FedEx kabi yuk tashish servislaridan keyinchalik voz kechishi mumkin, deya xabar beradi Business Insider internet nashri.

sm.amazon-boxes-4.750

Fikr bildirish

Sizning e-mail tarqatib yuborilmaydi. Kiritilishi shart bo'lgan ma'lumotlar *